Ko'pchilik ayollar erkak boshqa ayolga ketsa yoki xiyonat qilsa, «uning ko'ngli sovigan», «boshqasini sevib qolgan» yoki «tabiati buzuq» deb o'ylaydilar. Afsus, bu — xato.
Statistika va chuqur psixologik tahlillar shuni ko'rsatadiki, erkaklar orasidagi xiyonatlarning naq 70–80% qismi aynan bitta narsadan kelib chiqadi: to'shakdagi qoniqmaslik va ichki fantaziyalarni ayoliga aytolmaslik qo'rquvi.
Ha, aynan shunday!
Uyda ayol faqatgina «tartibli beka», «yaxshi ona» yoki sovuqqon rafiqa rolida qolib ketganida;
Erkak o'z miyasidagi jinsiy fantaziyalarini, yovvoyi istaklarini ayoliga aytsa, uni «noto'g'ri tushunishidan» yoki undan yuz o'girishidan qo'rqqanida; jarayon oddiy «majburiy burch» yoki jonsiz stsenariyga aylanib qolganida...
Erkakning miyasi stressga tushadi. U o'z erkaklik energiyasini chiqarolmagach, tabiiy instinkt uni buni erkin qila oladigan boshqa maydonga yetaklaydi.
Erkak ko'chaga sevgi qidirib emas, o'zining yashirin ehtiroslarini o'chiradigan «erkinlik»ni qidirib chiqib ketadi.
Agar siz eringizning ko'zi faqat siz bilan yonishini, u boshqa joydan hech narsa qidirmasligini istasangiz, avval uning eng katta sirini — to'shakdagi va ong ostidagi yashirin xohishlarini tushunishingiz kerak.